Amerikalik taniqli siyosatshunos va "yumshoq kuch" nazariyasining yaratuvchisi Jozef Nay 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Garvard universiteti vakillari xabar berdi.

Nay Gʻarb mamlakatlarining toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuvsiz ham boshqa davlatlarga taъsir oʻtkazishi boʻyicha kontseptsiyani ishlab chiqqan. Buning uchun ular madaniy qadriyatlarni, ommaviy axborot vositalarini va turmush tarzini targʻib qilishi kerak edi. 

Shuningdek, "Yumshoq kuch" nazariyasi liberal gʻoyalarni va Gʻarb tartibini ilgari surish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hamda anъanaviy jamiyatlarga ichki tomondan jozibador obraz yaratish orqali taъsir koʻrsatishga qaratilgan. Nayning nazariyasi, ayniqsa, AQSh tashqi siyosatida keng qoʻllanilib, Gʻarbiy liberal qadriyatlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilishning samarali usuli sifatida koʻrilgan.

Maъlumot oʻrnida, AQSh prezidenti Bill Klinton davrida (1993-2001 yillar) Nay mudofaa vaziri yordamchisi va Milliy razvedka kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga aloqador