Xitoyning shimolidagi Xuxxoto shahri (Ichki Moʻgʻuliston avtonom hududi maъmuriy markazi) rasmiylari tugʻilish darajasini oshirish va jamiyat qarishiga qarshi kurashish maqsadida aholini moliyaviy ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqdi, deya maъlum qildi Sinxua agentligi. 


Endilikda shahar maъmuriyati birinchi farzandi tugʻilgan oilalarga 10 ming yuan (1,4 ming dollar) bir martalik mukofot puli toʻlab beradi. Ikkinchi farzand uchun besh yoshgacha, uchinchi va undan ortiq farzandlar uchun esa oʻn yoshgacha har yili 10 ming yuan toʻlaydi.


Bu tashabbus Xitoyda tugʻilish darajasining pasayishi va aholi sonining qisqarishi fonida amalga oshirilmoqda. Reuters’ning yozishicha, 2023 yilda mamlakat aholisi 2,08 million kishiga, 2024 yilda esa 1,39 million kishiga kamaygan.


XXR Davlat fanlar akademiyasi 2035 yilga borib mamlakat pensiya tizimi hozirgi vaziyat davom etadigan boʻlsa pulsiz qolishini taxmin qilmoqda. U vaqtga kelib, Xitoyda 60 yoshdan oshgan (pensiya yoshi) odamlar soni taxminan 280 milliondan 400 millionga oshadi

Mavzuga aloqador