Vashingtondagi aviahalokat: dispetcherlar etishmagan, vertolyot esa belgilangan balandlikdan yuqori uchgan – NYT
New York Times gazetasi AQSh Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) dastlabki hisobotiga tayanib, 29 yanvarʻ kuni Vashingtonda American Airlines samolyoti va Black Hawk harbiy vertolyoti toʻqnashgan vaqtda Ronalʻd Reygan nomidagi aeroportda dispetcherlar etishmaganini maʻʻlum qildi.
Halokat sabablari:
Dispetcherlar etishmovchiligi – aeroportdagi dispetcherlar soni kun vaqti va trafik hajmiga mos kelmagan.
Bir dispetcher ikki vazifani bajargan – aeroport hududida vertolyotlar harakatini nazorat qiluvchi dispetcher samolyotlarga uchish va qoʻnish boʻyicha ham koʻrsatmalar bergan. Odatda, bu vazifalar ikki dispetcher oʻrtasida taqsimlanishi kerak.
Vertolyot belgilangan balandlikdan yuqorida uchgan – Black Hawk vertolyoti 91 metr balandlikka chiqib ketgan, holida 61 metrdan oshmasligi kerak edi.
Vertolyot uchuvchisi samolyotni koʻrgan, lekin yoʻnalishga amal qilmagan – Black Hawk ekipaji American Airlines samolyotini koʻrayotganini dispetcherga bildirgan, biroq belgilangan yoʻnalishni buzgan.
Halokat oqibatlari:
Hamma halok boʻldi – 67 kishi: 60 yoʻlovchi va CRJ700 ekipaji, shuningdek, vertolyotning 3 aʻʻzosi.
Qidiruv ishlari davom etmoqda – Potomak daryosida 50 dan ortiq jasad topildi.
Qora qutilar topilgan – samolyotning maʻʻlumot yozuvchilari ekspertizaga yuborilgan.
Mutaxassislar hodisaning aniq sabablarini oʻrganishda davom etmoqda.













