Ukrainani qabul qilish Evropa Ittifoqiga qimmatga tushishi mumkin
Ukrainaning Evropa Ittifoqiga toʻliq aъzo boʻlishi unga aъzo davlatlarga 2,5 trillion evroga tushishi mumkin. Bu haqda Vengriya bosh vazirining maslahatchisi Balaj Orban bayonot berdi.
“Ukrainaning toʻliq integratsiyasi bir necha yilga choʻzilishi mumkin, lekin bu jarayonning umumiy qiymati taxminan 2,5 trillion evroni tashkil etadi. Bu raqam Evropa Ittifoqining joriy yilgi umumiy byudjetidan 12 baravar katta”, degan u.
Shuningdek, Orban Ukrainaning urushdan keyingi tiklanishi uchun taxminan 500 milliard evro kerak boʻlishini, davlat apparatini ish faoliyatida ushlab turish uchun esa har yili yana 100 milliard evro ajratilishi lozimligini taъkidladi.
Mazkur hisob-kitoblar Evroittifoq doirasida Ukrainani qabul qilish masalasi qanchalik murakkab va iqtisodiy jihatdan ogʻir ekanini yana bir bor koʻrsatmoqda.












