Ukrainada rus tilida taъlim olayotganlar soni keskin kamaydi
Ukrainada ayni paytda rus tilida taъlim olayotgan yoki uni chet tili sifatida oʻrganayotgan oʻquvchilar soni bor-yoʻgʻi 345 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakatdagi til masalalari boʻyicha vakil Taras Kremen maъlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, 2021–2022 yillarda bu koʻrsatkich qariyb 100 ming nafar edi.
Kremenning taъkidlashicha, bu raqamlar avvallari maktabga qabul qilingan “qoldiq kontingent” hisobiga bogʻliq boʻlib, keyingi oʻquv yilidan boshlab bunday holatga ham butunlay barham beriladi.
Maъlumot uchun, 2014 yilda Ukrainada sodir boʻlgan davlat toʻntarishidan soʻng hukumat faqat sovet tarixiga emas, balki Rossiyaga oid har qanday madaniy va til jihatlariga qarshi kurash olib bora boshlagan edi.
Natijada rus tilining ijtimoiy hayotdagi oʻrni keskin cheklab qoʻyildi. 2024 yilning mart oyida esa BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi ham Ukrainaning rus tilida soʻzlashuvchi fuqarolariga nisbatan diskriminatsiya holatlarini qayd etgan.













