Tramp Fox Business Network telekanaliga bergan intervьyusida Eronning oliy rahbari Ali Xomenayiga muzokaralar oʻtkazish taklifi bilan xat yuborganini aytdi. Oʻz navbatida, Eron xat etib kelmaganini maъlum qildi.

Eron AQSh prezidenti Donalьd Trampning yadroviy dastur boʻyicha muzokara oʻtkazish taklifi bilan yoʻllagan xati qabul qilingani haqidagi bayonotini rad etdi. Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Tehron Vashingtondan hech qanday maktub olmaganini maъlum qildi.

Avvalroq Tramp Fox Business Network telekanaliga bergan intervьyusida Eronning oliy rahbari Ali Xomenayiga muzokaralar oʻtkazish taklifi bilan xat yuborganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Eronga yoki muloqotga kirishish, yoki AQShning harbiy bosimiga duch kelish taklif qilingan.

Biroq Tehron bu soʻzlarga ishonchsizlik bilan munosabat bildirdi. Eronning oliy rahbari avval ham Tramp maъmuriyati bilan har qanday muzokarani keskin rad etib, uni «ishonchsiz» deb atagan. Eron prezidenti Masud Pezeshkian va tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bir necha marotaba Tehron bosim ostida muloqot olib bormasligini taъkidlagan.

«AQSh maksimal bosim va tahdid siyosatini davom ettirar ekan, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar imkonsiz», — dedi Arakchi Saudiya Arabistonida bergan intervьyusida.

Vashington va Tehron oʻrtasidagi munosabatlar, ayniqsa, AQSh 2018 yili yadroviy kelishuvdan chiqqach, tarangligicha qolmoqda. Trampning yangi bayonotlari fonida Oq uy diplomatik murosaga tayyormi yoki kuch ishlatish stsenariysini koʻrib chiqayaptimi, nomaъlum boʻlib qolmoqda.

Mavzuga aloqador