Tramp taъlim dargohlaridan gʻarazli maqsadda foydalanyapti
Barnard kollejining bir qator professorlari AQShning Teng huquqli bandlik imkoniyatlari boʻyicha komissiyasi (EEOC) nomidan yuborilgan shaxsiy xabarnomalarda “Siz yahudiymisiz?” mazmunidagi savollarni olganini maъlum qildi.
TRT nashrining yozishicha, xabarnomalarda ixtiyoriy soʻrovnoma taklif qilingan boʻlib, unda diniy va etnik kelib chiqishga oid quyidagi variantlar mavjud:
➖Men yahudiyman;
➖Men isroillikman;
➖Menda yahudiy yoki isroilliklarga xos ildizlar bor;
➖Men iudaizmga eъtiqod qilaman;
➖Boshqa.
Professorlar bu holatni davlat organi tomonidan nojoʻya nazorat sifatida baholab, ayniqsa isroilga nisbatan tanqidiy fikr bildirganlarga bosim, deb qabul qilishmoqda.
Barnard dotsenti Debbi Becher: “Federal agentlikning bunday savollar bilan chiqishi tashvishli signal boʻlib, erkin fikrga tahdid sifatida koʻrilmoqda”, dedi.
Kollej rahbariyati EEOC tomonidan olib borilayotgan tergov yahudiy xodimlarga nisbatan kamsitish boʻyicha daъvolar bilan bogʻliqligini tasdiqladi.
Bu holat Tramp maъmuriyatining EEOC’ni siyosiy bosim vositasi sifatida qoʻllayotganiga oid tanqidlarni yana kuchaytirdi.
Dastlab kamsitishga qarshi kurash uchun tuzilgan ushbu federal idora, endilikda Gʻazo mojarosida isroilga tanqidiy munosabat bildirayotgan universitetlarga nisbatan bosim vositasiga aylanayotgani aytilmoqda.
Professorlar bu jarayonni antisemitizmga qarshi kurash emas, balki yahudiylarni tanqid qilayotgan ovozlarni bostirish harakati sifatida baholashmoqda.












