AQSh prezidenti Donald Tramp Din ishlari boʻyicha yangi idorani tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu idoraga pastor va mashhur televangelist Paula Uayt rahbar etib tayinlandi.

Paula Uayt Isroilni ochiqdan-ochiq qoʻllab-quvvatlashi bilan tanilgan shaxslardan biri boʻlib, u oʻz vaъzlarida Isroilni “Xudoning tanlangan xalqi” deb atagan. Shuningdek, u Quddusdagi Al-Aqso masjidi oʻrnida “Uchinchi ibodatxona” qurilishini qoʻllab-quvvatlagani bilan ham mashhur.

Maъlumotlarga koʻra, Tramp maъmuriyatida Isroil manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda. AQShning Isroildagi elchisi lavozimiga Arkanzas shtati sobiq gubernatori Mayk Xakkabi nomzodi koʻrib chiqilmoqda, u Gʻarbiy Sohilning Isroil tomonidan annektsiya qilinishini qoʻllab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Pentagon rahbarligiga nomzod Pit Xegset ham avvalgi chiqishlarida Quddusda yahudiy ibodatxonasi tiklanishi kerakligini aytgan.

Tramp 2018 yilda AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirgan, bu esa xalqaro miqyosda katta bahs-munozaralarga sabab boʻlgan edi. Uning Isroil bilan yaqin munosabatlari yangi maъmuriyat davrida ham davom etmoqda.

Tramp maъmuriyatida Isroil bilan bogʻliq masalalar boʻyicha shov-shuvli qarorlar qabul qilinishda davom etmoqda.

Mavzuga aloqador