AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur boʻyicha bevosita muzokaralar boshlanishini eъlon qildi. U, agar Tehron yadroviy qurol ishlab chiqishdan voz kechmasa, “kuchli oqibatlar” yuz berishini taъkidladi. Bu haqda AP News nashri xabar qildi. 

Tramp bu bayonotni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Oq uyda uchrashganidan soʻng berdi. Muzokaralar shanba kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

Biroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy muzokaralar bilvosita — Ummon vositachiligida — oʻtkazilishini bildirdi. “Bu imkoniyat, lekin sinov ham. Bu safar “toʻp” AQSh tomonida”,  deb yozdi u oʻzining X ijtimoiy tarmoq sahifasida.

Tramp avvalroq Eronni HAMAS, “Hizbulloh” va Yamanlik xusiylar harakatlarini qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblab, Tehronni yadroviy dasturni toʻxtatishga chaqirdi. Buning ortidan u agar kelishuvga erishilmasa, “misli koʻrilmagan urush” xavfi borligini aytib, Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yoʻllagan edi. 

Mutaxassislar fikricha, Tramp Eronni bosim ostida qolishga majbur qilib, Isroil va Saudiya Arabistoni oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishni koʻzlamoqda. Bu Gʻazodagi mojaro fonida Eron uchun strategik tahdidga aylanishi mumkin.

Mavzuga aloqador