«Tolibon» Pokistonga qarshi javob operatsiyasini boshladi
«Tolibon» Pokistonning Afgʻonistonga qarshi hujumlariga javoban Pokiston chegarasidagi bir necha nazorat-oʻtkazish punktlarini qoʻlga kiritdi va 19 nafar pokistonlik harbiyni zararsizlantirdi.
Mahalliy nashrlar amirlik kuchlari Durand chizigʻida oldinga siljiyotgani haqida yozmoqda. Afgʻoniston mudofaa vaziri Mavlaviy Yoqub bayonot berib, har qanday hujumga javob qaytarilishini va vatan himoyasi ularning burchi ekanini taʻʻkidladi.
Bunga javoban Pokiston armiyasi Afgʻonistonning Paktiya viloyatini bombardimon qildi. Ushbu hujum oqibatida 5 nafar tinch aholi halok boʻldi. Avvalroq, Pokistonning aviazarbalari tufayli 46 nafar afgʻon fuqarosi halok boʻlgan edi.













