Tesla elektromobillariga hujumlar kuchaymoqda
Soʻnggi vaqtlarda AQSh va Evropada Tesla elektromobillari va infratuzilmasiga bir necha bor hujumlar uyushtirildi. Reuters nashriga koʻra, AQShda kamida 10 ta vandalizm holati qayd etilgan, dilerlik markazlari va quvvatlash stantsiyalari esa jiddiy zarar koʻrgan.
Frantsiyada esa 12 ta Tesla elektromobili yoʻq qilingan, AQShda Tesla’ga aloqador “Supercharger” markazi yoqib yuborilgan.
Bundan tashqari “DOGEQUEST” veb-sayti AQSh boʻylab Tesla egalari haqidagi shaxsiy maъlumotlarni – ularning ismlari, manzillari va aloqa maъlumotlarini ochiq eъlon qilgan.
Buning oqibatida dunyo boʻylab Tesla elektromobillari savdosi zararga kira boshlagan. Misol uchun, Germaniyada avtomobil sotuvi 76% ga, Frantsiyada esa 26% ga kamaydi. AQShda esa faqat 1,8% mijozlar Tesla xarid qilishni rejalashtirgan.
Mazkur holat Ilon Maskning oʻng qanot siyosiy harakatlarini ochiq qoʻllab-quvvatlashi bilan bogʻliq ekani aytilmoqda. Ayni paytda Tesla aktsiyalari tushib, bozor kapitallashuvi 1 trillion dollardan pastga shoʻngʻigan.













