Polьsha prokuraturasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd tayyorlashda Rossiya razvedka xizmatlariga yordamlashgan erkakka rasmiy ayblov qoʻydi. Maъlum qilinishicha, Pavel K. deb tanilgan shaxs 2024 yil aprelь oyida Polьsha va Ukraina maxsus xizmatlarining qoʻshma amaliyoti natijasida qoʻlga olingan. Ayni paytda unga 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.