Suriya va isroil xavfsizlik shartnomasini imzolashga yaqin – The Independent Arabia
Suriya va isroil 25 sentyabrь kuni AQSh vositachiligida xavfsizlik boʻyicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Marosimda AQSh prezidenti Donalьd Tramp ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Saudiyaning The Independent Arabia nashri xabar berdi.
Maъlumotga koʻra, kelishuv imzolanishidan bir kun oldin, 24 sentyabrь kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ Nьyu-York shahrida (AQSh) oʻtadigan BMT Bosh assambleyasida nutq soʻzlaydi. Biroq imzolanadigan hujjat toʻliq tinchlik shartnomasi emas, balki ikki davlat oʻrtasidagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan cheklangan xavfsizlik choralarini oʻz ichiga oladi.
"Yahudiy davlati" hozircha bunga rasman izoh bermadi. Agar xabar tasdiqlansa, bu 1948 yildan beri rasman urush holatida boʻlib kelayotgan isroil va Suriya munosabatlaridagi yangi qadam boʻladi.












