Suriya Mudofaa vazirligida yangi harbiy tuzilma shakllantirilishi doirasida lavozimlar va harbiy boʻlinmalar qayta taqsimlanmoqda. Bu haqda Al Jazeera manbalari xabar bermoqda.

Yangi tayinlovlarga koʻra:
▪️ General Anad Al-Dervish Mudofaa vazirligining maъmuriy ishlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
▪️ General Muhammad Mansur kadrlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
▪️ Hama, Homs, Daraa, Palmira, Damashq va Idlib shaharlarida yangi harbiy boʻlinmalar tuzildi.
▪️ Xaysam Al-Ali Xoms diviziyasi qoʻmondoni, Bunyan Ahmad Al-Haririy esa Daraa boʻlinmasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi.
▪️ Abu Al-Qosim Bayt Jin Suriya havo kuchlari rahbari boʻldi.

Manbalarga koʻra, Suriya havo kuchlari toʻliq qayta tuzilgan va qayta tashkil etilgan. Shuningdek, qurol-yarogʻ, kadrlar va mulklarni inventarizatsiya qilish boʻyicha maxsus qoʻmita fraktsiyalarni tugatish jarayonini yakunlash bosqichida turibdi.

Suriyadagi bu oʻzgarishlar mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador