Isroilning HAMAS bilan kelishuvi mamlakatda jamoatchilik va OAV tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ayniqsa, oʻng qanot siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni hukumatning yirik magʻlubiyati deb baholamoqda.

Isroil hukumati dastlabki bayonotida asosiy maqsad HAMASni toʻliq yoʻq qilish va isroillik garovdagi fuqarolarni ozod qilish ekanligini bildirgan edi. Biroq 15 oy davom etgan harbiy harakatlar bu maqsadlarga olib kelmadi.

Isroilning 24-kanali xulosasiga koʻra, HAMAS Gʻazo sektoridagi mavqeini mustahkamlab oldi, urush maqsadlariga erishilmadi. Gʻazodagi vaziyat oʻzgarishsiz qoldi.
Yedioth Ahronoth gazetasi esa Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni siyosiy magʻlubiyatda ayblab, armiya va Bosh shtab boshligʻini harbiy rejani amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlikda tanqid qildi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ham HAMASni harbiy yoʻl bilan magʻlub etish mumkin emasligini taʻʻkidlagan edi.

Mavzuga aloqador