Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rasmiylari oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun maktablarda hijob taqishga rasmiy ravishda ruxsat berdi. Bu haqda Alturist oʻzining ishonchli manbalariga tayanib xabar bermoqda. 


Maъlumotda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining ayni shu masalaga doir yigʻilishidan soʻng taъlim muassasalarida kiyinish qoidalarini tartibga soluvchi intizom nizomiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.


Unga koʻra, endilikda oʻrta maktablarda hijob masalasida qaror qabul qilish vakolati maktab maъmuriyatiga topshiriladi, litsey (yuqori sinflar) bosqichida esa hijob taqishga rasman ruxsat beriladi.


Shuningdek, mamlakat Taъlim vazirligi hijobning ruxsat etilgan ranglari, shakli va oʻlchamlarini belgilaydi va ularning maktab formasi standartlariga mosligini taъminlaydi, deyiladi xabar matnida. 


Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Shimoliy Kipr hududidagi oʻrta maktab oʻquvchi qizlariga hijobda darslarda ishtirok etishga ruxsat berilmagan edi. Xususan, Lefkosa shahridagi Irsen Kuchuk nomli oʻrta maktabda oʻqiydigan bir nafar oʻquvchi qiz hijobda boʻlgani uchun darslarga kiritilmagan.


Bu esa, 13 minga yaqin turk-kiprlik furarolarning jiddiy noroziligiga sabab boʻlib, hukumatning bu borada ijobiy echim izlashiga majbur etgan edi.

Mavzuga aloqador