Saudiya Arabistoni Bosh Koʻngilochar Boshqarmasi prezidenti Turki Alalshix ijtimoiy tarmoq orqali jahonga mashhur bastakor Hans Zimmer bilan hamkorlik haqidagi muhim yangilikni eʻʻlon qildi. Uning maʻʻlum qilishicha, Hans Zimmer mamlakatning davlat madhiyasini qayta bastalaydi.

Zimmer nafaqat Saudiya Arabistoni davlat madhiyasini yangi musiqa asboblari orqali qaytadan ishlab chiqadi, balki "Arabiston" nomli katta kontsert uchun eksklyuziv asar yaratishi ham rejalashtirilgan. Bu loyiha Saudiya Arabistonining mashhur madaniy tadbiri – Ar-Riyod mavsumi doirasida oʻtkaziladi.

Shuningdek, Alalshix "Yarmuk jangi" filʻmi uchun saundtrek yaratish imkoniyatlari boʻyicha muzokaralar ham olib borilayotganini taʻʻkidladi. Hans Zimmerning dunyoga mashhur asarlari, jumladan, "Vaqt", "Qora ritsar" va "Yulduzlararo" saundtreklari uning ushbu loyihalardagi roliga katta qiziqish uygʻotmoqda.

Bu tashabbus Saudiya Arabistonining 2030 vizyoni doirasidagi madaniy oʻzgarishlarning bir qismi hisoblanadi. Qirollikning bu yoʻnalishdagi maqsadlari neftga qaramlikni kamaytirish, iqtisodiy xilma-xillikni taʻʻminlash va ijtimoiy sohadagi islohotlarni kuchaytirishga qaratilgan. Madaniyat va sanʻʻatga eʻʻtibor turizm, taʻʻlim va texnologiya sohalaridagi rivojlanish uchun muhim omil sifatida koʻriladi.

Maʻʻlumot uchun, Hans Zimmer “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan mashhur kompozitor boʻlib, oʻzining kino saundtreklari bilan butun dunyoda tanilgan.

Mavzuga aloqador