Saudiya Arabistonining harbiy xarajatlari 75,8 milliard dollarga etdi
Saudiya Arabistoni Harbiy Sanoat Boshqarmasi maъlumotiga koʻra, mamlakatning 2024 yildagi harbiy xarajatlari 75,8 milliard dollarga etdi. Bu qirollikni dunyodagi eng yirik harbiy byudjetga ega beshinchi davlatga aylantirdi.
Yaqinda AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga aniq boshqariluvchi qurol tizimlarini sotishni tasdiqladi.
Shuningdek, Vashington va Er-Riyod 2,8 milliard dollarlik shartnoma imzolagan boʻlib, u logistika tizimlari, qoʻshma rejalashtirish dasturlari va harbiy samolyot uskunalarini oʻz ichiga oladi.
Bu kelishuvlar natijasida Saudiya Arabistoni mudofaa byudjeti 2025 yilda 78 milliard dollardan oshib ketishi mumkin.












