Rossiyada tijorat va turar-joy nomlarida xorijiy soʻzlar taqiqlanishi mumkin
Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin tijorat obʻʻektlari, turar-joy majmualari va mahallalar nomlarida xorijiy soʻzlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusini ilgari surdi. Uning taʻʻkidlashicha, bunday chora-tadbirlar rus tilini qoʻllab-quvvatlash va milliy oʻzlikni mustahkamlashga qaratilgan.
"Biz rus tilini himoya qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilaymiz. Rus tili madaniy va maʻʻnaviy merosning ajralmas qismi sifatida rivojlanishi kerak", dedi Volodin.
Yangi qonun loyihasiga muvofiq:
Tovar va xizmatlar haqidagi maʻʻlumotlar faqat rus tilida taqdim etilishi kerak.
Savdo markazlari, doʻkonlar va turar-joy majmualari belgilarini chet tilda nomlash taqiqlanadi.
Agar chet tildagi soʻzlardan foydalanish zarur boʻlsa, ular rus tilidagi matn bilan bir xil shrift, rang va oʻlchamda formatlanishi lozim.
Bu qadam 2023 yilda qabul qilingan rus tilini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarining davomi hisoblanadi. Bu qonun hukumat, taʻʻlim muassasalari, reklama, OAV va filʻmlar uchun chet tildagi soʻzlarni foydalanishni cheklashni oʻz ichiga olgan.













