Rossiyaning Stavropol oʻlkasida jamoat joylarida namoz oʻqilgani uchun 300 ming rublgacha (3700 dollar) jarima belgilandi. Mahalliy nashrlarga koʻra, jamoat joylarida namoz oʻqilishi - ruxsat etilmagan ommaviy tadbir deb baholandi. 


Maъlum qilinishicha, Andropov tuman hokimiyati tomonidan jamoat namozlarni maxsus ajratilmagan joylarda oʻqish taqiqlanishi haqida xabarnoma tarqalgan. Mahalliy hokimiyat bunday namozlarni ruxsat etilmagan ommaviy tadbir sifatida baholab, bu holat huquqbuzarlik deb hisoblanishi va jarimaga olib kelishini bildirgan.


Stavropol viloyati Musulmonlar diniy boshqarmasi muftiysi Muhammad Raximov bu holatni ular ham bu hujjatni olganini taъkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra,  Stavropolda hech kim oʻzboshimchalik bilan koʻcha-boshda namoz oʻqimaydi:

“Tadbirlarimizning deyarli barchasi maxsus binolarda hokimiyat ruxsati bilan oʻtadi. Shu bois noqonuniy yigʻinlar oʻtkazishga ehtiyoj yoʻq. Agar ruxsatsiz yigʻinlar oʻtkazilsa, albatta, bu jazolanishi kerak,” — dedi muftiy Muhammad Raximov.


Shuningdek, muftiy Stavropolning 135 joyida Juma namozlari oʻqilishi,  eъtiqod erkinligida hech qanday cheklov yoki bosimni his qilmasligini qayd etdi.

Mavzuga aloqador