Rossiya va Suriya muzokaralari: tovon yoki Asadning ekstraditsiyasi?
Damashqda Rossiya va Suriyaning yangi hukumati oʻrtasida ilk muzokaralar oʻtkazildi. Uchrashuvda Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudligini saqlab qolish, tovon toʻlash masalasi va Bashar Asadning ekstraditsiyasi muhokama qilindi.
Rossiya tomonidan muzokaralarda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov va prezidentning Suriya boʻyicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev ishtirok etdi.
Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik doirasida Rossiyaning yirik kompaniyalari vakillari ham Damashqqa tashrif buyurdi.
Suriya tomonidan mamlakat prezidenti Ahmad al-Sharʻʻa, tashqi ishlar vaziri Asaad ash-Shiboniy va sogʻliqni saqlash vaziri Maher al-Sharʻʻa ishtirok etdi.
Rossiya Suriyadagi dengiz porti va aviabazasidan foydalanishni davom ettirishni xohlamoqda, ammo kelishuvga erishilmagan.
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani tovon toʻlash va qayta qurish ishlarida yordam berishga chaqirdi. Shuningdek, Moskvadan mamlakatni tark etgan sobiq prezident Bashar Asadni topshirishni talab qildi.
Uchrashuvdan soʻng, Rossiya delegatsiyasi muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi. Kremlʻ matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalalar boʻyicha izoh berishdan bosh tortdi.













