Qirol Offa va Islom ramziyligi: Nega ingliz dinorlarida islomiy yozuvlar boʻlgan?

8-asrda Angliya qiroli Offa zarb qilgan tangalarda "La ilaha illalloh" – "Allohdan oʻzga iloh yoʻq" degan islomiy yozuvlar uchraydi. Nega bunday boʻlgani haqida turli taxminlar mavjud.

1. Musulmonlar bilan savdo

Bu eng ehtimoliy tushuntirishlardan biri. Abbosiylar xalifaligi oʻsha davrda xalqaro savdoda hukmron kuch edi va ularning oltin dinorlari Evropa iqtisodiyotida standart tanga sifatida qabul qilingan. Qirol Offa Islom olami bilan savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida tangalarini islomiy ramzlar bilan bezatgan boʻlishi mumkin.

2. Rim papasiga hurmat

Offa va Rim papasi oʻrtasida murakkab munosabatlar mavjud edi. Baъzi manbalarga koʻra, Offa har yili 365 ta oltin tangani Papalikka oʻlpon sifatida yuborgan. Ehtimol, islomiy yozuvli tangalar shundan dalolat berishi mumkin. Lekin bu holda savol tugʻiladi: Rim papasi nima uchun islomiy yozuvli tangani qabul qilgan?

3. Abbosiylar xalifaligiga taqlid

Britaniyalik tarixchi Genri Blant aytishiga koʻra, Abbosiy dinorlari Evropa podshohlari uchun kuch va barqarorlik ramzi boʻlgan. Masalan, Buyuk Karl xalifa Horun ar-Rashid bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan. Shuning uchun, Offa ham musulmonlar kabi boy va kuchli koʻrinishni xohlagan boʻlishi mumkin.

4. Offa musulmon boʻlganmi?

Baъzi tarixchilar Offaning islomni qabul qilgan boʻlishi mumkinligi haqida taxmin qilishadi. Bunga bir necha dalillar keltiriladi:

Islomiy savdogarlar nafaqat savdo qilgan, balki oʻz eъtiqodlarini ham tarqatgan.

Offa dinorlari Abbosiy dinorlariga juda oʻxshash – deyarli bir xil dizaynda zarb qilingan.

Offa hukmronligining keyingi davrida tangalarda xristian ramzlari kamaygan.

Offa haqidagi hujjatlarning yoʻqolishi – bu tarixni qasddan yashirishga ishora qilishi mumkin.

Qirol Offaning islomiy tangalari Abbosiylar davrida Islom dunyosi qudratli kuch boʻlganini tasdiqlaydi. Offa musulmon boʻlganmi yoki shunchaki iqtisodiy manfaatlarni koʻzlaganmi – bu haqda aniq dalillar yoʻq. Lekin uning dinori Islomning Oʻrta asrlar Evropasiga taъsirini yaqqol namoyon etadi.

Mavzuga aloqador