Pokiston shimoli-gʻarbidagi Janubiy Vaziriston viloyatining Makin shahrida Afgʻoniston bilan chegara yaqinidagi harbiy nazorat-oʻtkazish punktiga hujum qilindi.

Pokiston armiyasi jamoatchilik bilan aloqalar departamenti tarqatgan maʻʻlumotga koʻra, hujum natijasida 16 nafar harbiy halok boʻlgan. Hujum paytida armiya tezkor javob qaytarib, 8 nafar terrorchini yoʻq qilgan.

Maʻʻlum qilinishicha, bu hujum Pokistonda terrorchilikka qarshi kurash yoʻnalishidagi vaziyatning qanchalik ogʻirligini koʻrsatib beradi.

Avvalroq Pokiston armiyasi mamlakat shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlarida oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 43 nafar terrorchi yoʻq qilingani haqida xabar bergan edi. 

Mavzuga aloqador