Otashkesim eʻʻlon qilinganidan beri Gʻazoda 77 falastinlik halok boʻldi
Isroil va HAMAS oʻrtasida otashkesim eʻʻlon qilinishiga qaramay, Gʻazo sektorida qurbonlar soni ortishda davom etmoqda. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, 21 nafari bola, 25 nafari ayol boʻlgan 77 falastinlik hayotdan koʻz yumdi.
Gʻazo fuqarolik mudofaa idorasining bayonotiga koʻra, hujumlar natijasida 250 nafardan ortiq kishi yaralangan. Qurbonlarning 66 nafari Gʻazo shahrida, 7 nafari Xon Yunusda, qolgan 4 nafari sektorning markaziy qismlarida halok boʻlgan.
Qatarning vositachiligida 15 yanvarʻ kuni Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish va asirlar almashish shartnomasiga erishildi.
Kelishuvga koʻra, 19 yanvarʻ kuni otashkesim amalga kiritiladi. Birinchi bosqichda 42 kun mobaynida 33 isroillik mahbus ozod etiladi.
Shuningdek, kelishuv Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamini toʻliq etkazish va koʻchirilgan falastinliklarni oʻz uylariga qaytarishni oʻz ichiga oladi.
Kelishuvning ikkinchi va uchinchi bosqichlari boʻyicha tafsilotlar keyinroq eʻʻlon qilinishi kutilmoqda.













