Germaniyaning Myunxen shahri markazida Mini Kuper avtomobili Verdi kasaba uyushmasi namoyishchilariga urilib, kamida 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.

Hodisa sodir boʻlgan joyda tez yordam xizmati ishlamoqda, jabrlanganlar shifoxonalarga etkazilmoqda. Ommaviy axborot vositalari maъlumotiga koʻra, voqea sodir boʻlishidan avval oʻq ovozlari eshitilgan boʻlishi mumkin, ammo bu maъlumot hozircha rasman tasdiqlangani yoʻq.

Hodisa sodir etgan haydovchi qoʻlga olindi, ammo uning harakatlariga nimalar sabab boʻlgani hali aniqlanmagan. Hozirda politsiya voqea tafsilotlarini oʻrganmoqda.

Tafsilotlar kuzatiladi.

Mavzuga aloqador