Moskva viloyati sudi Elektrostalь shahri musulmon jamoasi imom-xatibini 623 kishi ishtirok etgan juma namozini huquqni muhofaza qilish organlarini oldindan xabardor qilmasdan oʻtkazgani uchun jarimaga tortdi.

Bu holat 2024 yil aprelь oyida viloyatning "terrorizmga qarshi komissiyasi" tomonidan joriy etilgan qoidalarga zid hisoblanadi. Ushbu qoidalarga koʻra, ommaviy diniy tadbirlar tashkilotchilari xavfsizlikni taъminlash maqsadida politsiya va FXX (Federal xavfsizlik xizmati)ni oldindan xabardor etishi shart, deb yozadi rus nashrlari.

Mavzuga aloqador