Misr Shimoliy Sinayga qariyb 40 ming askar joylashtirdi. Bu 1979 yilda isroil bilan tuzilgan tinchlik shartnomasida belgilangan miqdordan ikki barobar koʻpdir. Middle East Eye nashriga yuqori lavozimli harbiyning aytishicha, Misr armiyasi soʻnggi yillardagi eng yuqori jangovar tayyorgarlikni oʻtayapti. Bu esa bevosita mamlakat prezidenti AbdulFattoh Sisining topshirigʻi asosida amalga oshirilmoqda.

Safarbarlik isroilning Gʻazoni bosib olish rejasi hamda falastinliklarning ommaviy ravishda Misr hududiga koʻchib oʻtishi ehtimoli haqidagi xavotirlar fonida amalga oshirildi. Qoʻshinlar Shimoliy Sinayning turli hududlariga, jumladan, chegaraga yaqin “C zonasi”ga ham joylashtirilgan.

Misr Isroilni qoʻshimcha kuchlar haqida xabardor qilgan, biroq bu kuchlarning soni va ularning taqiqlangan hududlarda boʻlishi Tel-Avivning noroziligiga sabab boʻlgan. Manbaga koʻra, “Safarbarlik mudofaa xarakteriga ega, ammo Misr oʻz hududiga qilingan har qanday zarbaga qatъiy javob berishi belgisi hamdir”.


Maъlumot uchun, rasmiy Qohira falastinliklarning Misr hududiga koʻchirilishini istamayapti. Prezident Sisi avvalroq: “Falastinliklarning koʻchirilishi hech qachon qabul qilinmaydi. Mojaroning echimi Falastin xalqini oʻz yurtidan chiqarishda emas, balki uni oʻz erida saqlab qolishda”, degan edi.

Mavzuga aloqador