Misr hukumati "Sumud flotiliyasi" yoʻliga toʻgʻanoq boʻlmoqda
Misr hukumati Gʻazo sektoriga yordam etkazish uchun mahalliy faollar tomonidan tashkil etilgan "Sumud" gumanitar flotiliyasining joʻnatilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Bir necha kemadan iborat flotiliya juda ogʻir ahvolda qolgan gʻazoliklarga gumanitar yordam etkazishni rejalashtirmoqda. "Sumud" yaъni "Matonat" nomi ham Falastin xalqi bilan birdamlikni anglatadi.
Misr fuqarolaridan chiqqan tashabbusga qaramay, hukumat uni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda. Faollar va huquq himoyachilari hukumatning bunday "xiyonatkorona harakatlari"ni tanqid qilishyapti.













