Malida rossiyalik yollanma askarlar oʻldirildi
Shimoliy Afrikadagi "Al-Qoida"ga aloqador jangarilar bilan toʻqnashuvlarda "Afrika korpusi" (sobiq "Vagner")ning beshdan ettigacha aʻʻzosi oʻldirildi.
Shimoliy Afrikada Al-Qoida bilan aloqador boʻlgan "Jamoat al-Islom val Muslimin" tomonidan uyushtirilgan hujumda Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasidan kamida etti nafar yollanma askar halok boʻldi. Bu haqda SITE Intelligence monitoring guruhi juma kuni xabar berdi.
Jangarilar qoʻlga kiritgan oʻljalar orasida qurol va oʻq-dorilar ham bor. Voqea joyidan internetda eʻʻlon qilingan videolavhalarda shikastlangan harbiy mashina yonida harbiy kiyimdagi besh nafar kavkazlik erkak jasadi aks etgan. Videoning haqiqiyligi hali tasdiqlanmagan.
"Vagner" XHK (hozirgi "Afrika korpusi") sobiq jangchilari iyulʻ oyida Mali-Jazoir chegarasi yaqinida jangarilar bilan toʻqnashuvda ham jiddiy yoʻqotishlarga uchragan edi.
Reuters agentligining mahalliy manbalari yollanma askarlar oʻlimini tasdiqladi. Mali armiyasi vakillaridan biri etti kishining jasadini koʻrganini aytgan. Ikki mahalliy rasmiy "Vagner" guruhining besh nafar yollanma askari halok boʻlganini xabar qildi.
Mintaqadagi mojaro va xavfsizlik boʻyicha ekspert Reuters agentligiga hujumni "Al-Qoida"ga aloqador "Katiba Masina" amalga oshirganini maʻʻlum qilgan. Halok boʻlgan ruslar "Afrika korpusi" jangchilari boʻlib, Afrikadagi "Vagner" XHK kontingenti 2023 yil avgust oyida samolyot halokati natijasida uning rahbari Evgeniy Prigojin vafotidan keyin qayta tashkil etilgan yangi boʻlinma hisoblanadi.













