Mahmud Abbos HAMAS etakchilariga bevosita murojaat qilib, ularni haqorat qildi. U Falastin Ozodlik Tashkiloti Markaziy Kengashining yigʻilishidagi nutqida “Ey itlarning bolalari, asirlarni qoʻyib yuboring, xalqimizni qutqaring va isroilga hech qanday bahona topishga imkon bermang”, deya murojaat qildi.


Eurasia today’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasida yozilishicha, bu bayonot Abbosning HAMAS harakati bilan boʻlgan keskin qarama-qarshiliklarini ochiq yuzaga chiqargan.


U murojaati davomida: “Gʻazo sektorida davom etayotgan qirgʻinni toʻxtatish – bizning asosiy vazifamiz. Har kuni yuzlab begunoh odamlar oʻldirilmoqda. Nega siz amerikalik garovdagilarni ozod qilmayapsiz?” degan.


Hozircha Abbos barcha 59 nafar garovdagilarni nazarda tutganmi yoki faqat AQSh fuqarolarinimi — bu aniq emas. Maъlumotlarga koʻra, AQSh va isroil fuqarosi Edan Aleksander hozircha tirik holda HAMAS tomonidan garovda ushlab turilgan yagona amerikalik hisoblanadi. 


Cursorinfo’ga koʻra, HAMAS vakillari bu bayonotlarga tezda javob qaytargan. Harakat etakchilaridan biri Bassem Naъim Abbosning soʻzlarini tanqid qilib, uning chiqishini “Falastin xalqining qonuniy rahbarligini soʻroq ostiga qoʻyuvchi” harakat deb atagan.


“Mahmud Abbos oʻz chiqishida Gʻazoning or-nomusli himoyachilarini haqoratladi. U muntazam ravishda Falastin xalqini bosqinchilik jinoyatlarida ayblab kelmoqda”, degan harakat vakili.

Mavzuga aloqador