Kolumbiya universiteti talabasi AQSh hukumatiga qarshi sudda gʻalaba qozondi
Nьyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti talabasi Yunso Chung Tramp administratsiyasi va AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) ustidan sudda gʻalaba qozondi. Bu haqda Andolu agentligi xabar bermoqda.
Bundan avval 21 yoshli Yunco Chung universitet hududida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlarda ishtirok etgani uchun Tramp maъmuriyati uni hibsga olib, deportatsiya qilishga uringan edi.
Keyinroq, Chung hukumatning bu harakatlarini “vakolatlarning hayratlanarli darajada suiisteъmol qilinishi” deb atab, sud orqali oʻz huquqlarini himoya qilishga qaror qilgan, deb xabar berdi The Guardian nashri.
Kiritilgan arizaga koʻra sud ishini Janubiy Nьyu-York okrug sudi katta tuman sudьyasi Naomi Linn Rays Buxvald olib borgan va universitet talabasi Yunso Chung foydasiga qaror chiqargan.
Sudьyaning taъkidlashicha, rasmiylar Chungni qoʻlga olish uchun etarli asos yoki dalillar taqdim etmagan. “Chung endi tunda ICE xodimlari kelib uni olib ketishidan xavotir olmasa ham boʻladi”, dedi uning advokatlaridan biri Ramzi Kassem.












