Jazoir Frantsiyadan yadroviy sinovlar oqibatlarini bartaraf etishni talab qilmoqda
Jazoir Frantsiyadan yadroviy sinovlar oqibatlarini bartaraf etishni talab qilmoqda
Jazoir hukumati Frantsiyadan mustamlakachilik davrida mamlakat hududida oʻtkazilgan yadroviy sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishni talab qilmoqda. Bu haqda Jazoir atrof-muhit va hayot sifati vaziri Najiba Jilali maʻʻlum qildi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, Frantsiya Jazoirda qoldirgan yadroviy chiqindilarni utilizatsiya qilish va bu jarayon uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi lozim. Shuningdek, Frantsiyaga ekologik ofat uchun tarixiy, maʻʻnaviy va huquqiy javobgarlikni tan olish talabi qoʻyilmoqda.
“Ushbu tashabbus hozirgi va kelajak avlodlarning sogʻlom va barqaror atrof-muhitda yashash huquqini himoya qilishga qaratilgan”, – deya taʻʻkidladi vazir.
Jazoir hukumati bu talablarni milliy ekologik qonunchilikka kiritishni rejalashtirmoqda.
Maʻʻlumotlarga koʻra, 1960-1966 yillar davomida Frantsiya Jazoirda 17 ta yadroviy sinov oʻtkazgan. Birinchi bomba – "Gerboise Bleue" 1960 yil 13 fevralda Reggan shahrida portlatilgan boʻlib, uning kuch-qudrati Xirosimaga tashlangan bombadan toʻrt barobar yuqori boʻlgan. Jazoir Inson Huquqlari Ligasi maʻʻlumotlariga koʻra, ushbu sinovlar natijasida 24 mingdan ortiq kishi radiatsiya taʻʻsiriga uchragan, bu esa mintaqada saraton va irsiy kasalliklarning koʻpayishiga olib kelgan.
Jazoir Frantsiyaning mustamlakachilik davridagi jinoyatlari haqida bir necha bor eslatgan, ammo Parij hozirgacha yadroviy sinovlar uchun rasmiy ravishda javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.













