Isroilning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi engib boʻlmas darajada emas – The Guardian
Britaniyaning The Guardian nashri tahlilchisi Endryu Rotning maqolasida Tehronning yaqinda amalga oshirgan raketa hujumi Isroil mudofaa tizimi engib boʻlmas darajada emasligi tilga olindi. “Asosiy fakt shuki, Eron istasa, Isroilga jiddiy zarba bera olishini isbotlagan”, - deyiladi maqoladi.
Tehronning
yaqinda amalga oshirgan raketa hujumi tahlili Isroilning raketa hujumiga qarshi
mudofaa tizimi engib boʻlmas darajada emasligini koʻrsatadi. Isroil tuyulganidan
koʻra himoyasizroq, deb yozadi Britaniyaning The Guardian nashri muxbiri Endryu Rot.
Sunʻʻiy yoʻldoshdan olingan suratlar va ijtimoiy tarmoqlardagi
materiallarda Eron raketalari Negev choʻlidagi Nevatim aviabazasiga birin-ketin
urilgani va ikkinchi darajali portlashlarga sabab boʻlgani qayd etilgan.
Bu shuni koʻrsatadiki, Isroilning "Temir gumbaz" va
«Oʻq» havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yuqori samaradorlikka ega boʻlishiga qaramay, Eronning
zarbalari ilgari tan olinganidan koʻra muvaffaqiyatliroq boʻlgan.
Kadrlarni tahlil qilgan mutaxassislar aviabazada kamida 32
ta toʻgʻridan-toʻgʻri zarbalar
berilganini qayd etgan.
“Bunday
zarbalar Bazan guruhining neftni qayta ishlash zavodlari kabi qimmatli nishonlarga
qarata berilganida,
halokatli taʻʻsir koʻrsatishi, ekologik falokatga ham olib kelishi mumkin edi”, - deyiladi maqoladi.
“Asosiy fakt shuki, Eron istasa, Isroilga jiddiy zarba bera olishini
isbotlagan”, - deydi CNA tadqiqot
guruhi tahlilchisi Dekker Evelet.
Uning qoʻshimcha qilishicha, havo bazalari murakkab nishonlar boʻlib, koʻp qurbonlar
keltirmaydi. Biroq
Eron boshqa nishonlar, masalan, Isroil quruqlikdagi kuchlari zich joylashgan baza
yoki turar-joy hududidagi obʻʻektlarni ham tanlashi mumkin va bunday raketa hujumi
sezilarli miqdordagi qurbonlarga olib kelishi mumkin.
Isroil
uchun yana bir muammo - Eron bilan uzoq davom etgan oʻzaro zarbalarning iqtisodiy
oqibatlari. Isroilning havo hujumidan mudofaa taʻʻminoti qimmat va cheklangan,
bu esa mojaro davom etar ekan, mamlakatni Eron zarbalariga nisbatan himoyasiz
holga keltirishi mumkin.
"Isroil Eronga zarba berishga tayyorligini allaqachon
oshkora tasdiqlaganini inobatga olsak, ushbu raketa almashinuvi oxirgi marta sodir boʻlmaganidan darak beradi", - deya
xulosa qiladi Evelet.
U Eron bilan ziddiyat uzoq davom etadigan boʻlsa, bunday raketa almashinuvlari uzoq muddatda Isroil
uchun barqarorlikka tahdid
boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.













