Isroil Yamanda JSST delegatsiyasiga hujum qildi
Kecha Isroil aviatsiyasi tomonidan Yamanning Sanaa aeroportiga amalga oshirilgan bombali hujum Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) delegatsiyasi uchun jiddiy xavf tugʻdirdi. JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesus hujum paytida aeroportda boʻlgan.
Gebreesusning maʻʻlum qilishicha, hujum natijasida uning jamoasiga zarar etgan, bir ekipaj aʻʻzosi jarohatlangan, aeroport hududida kamida ikki kishi halok boʻlgan.
“Havo harakatini boshqarish minorasi, uchish zali va uchish-qoʻnish yoʻlagi sezilarli shikastlangan”, — deya taʻʻkidladi u oʻz bayonotida.
JSST delegatsiyasi Yamandagi tibbiy va gumanitar vaziyatni baholash uchun tashrif buyurgan edi. Gebreesus halok boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, hujumlardan qanday kuchlarning masʻʻul ekanligi boʻyicha aniq maʻʻlumot taqdim etmadi.
Tinch aholi orasida qurbonlar
Isroil aviatsiyasi kecha tushdan keyin Sanaa aeroporti hududiga hujumlar uyushtirgan, natijada tinch aholi orasida ham qurbonlar borligi haqida xabar berildi.
JSST rahbari jahon hamjamiyatini Yamandagi gumanitar vaziyatga eʻʻtibor qaratishga chaqirdi va har qanday hujumlar xalqaro huquqni buzishini eslatdi.













