Isroil xalqaro tashviqot uchun 150 million dollar ajratmoqchi
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatning xalqaro miqyosdagi tasvirini yaxshilash maqsadida targʻibot byudjetiga qoʻshimcha 150 million dollar ajratish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Knesset matbuot xizmati xabar berdi.
Mablagʻlarning maqsadi
Mazkur mablagʻlar asosan quyidagi yoʻnalishlarda sarflanishi rejalashtirilgan:
Gʻazodagi urushga nisbatan xalqaro salbiy munosabatni yumshatish.
Gʻarb mamlakatlarida Isroil armiyasiga qarshi chaqiriqlarni antisemitizm sifatida koʻrsatish.
Evropa va AQShda islomofobiya va oʻng qanot kayfiyatlarini targʻib qilish.
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saʻʻar bu mablagʻlarni mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun muhim sarmoya sifatida baholadi.
"Isroilning xalqaro maydondagi pozitsiyasiga taʻʻsir qiladigan targʻibot harakatlari oʻnlab yillar davomida etarli manbalardan mahrum boʻlgan. Bu mablagʻlar mamlakatimizning dunyodagi obroʻsini mustahkamlashga yordam beradi", dedi u.
Bu qaror, ayniqsa, Gʻazo urushi bilan bogʻliq xalqaro tanqidlarga qarshi yoʻnaltirilgan. Isroilning yangi media strategiyasi, shuningdek, Gʻarb mamlakatlaridagi iqtisodiy sanktsiyalarni toʻxtatishga qaratilgan.













