isroil Livan janubiga aviahujum uyushtirdi
isroil harbiy aviatsiyasi Livan janubidagi Sur shahriga qarashli Marub qishlogʻida avtomobilga havodan zarba berdi. Hujum natijasida bir kishi halok boʻldi, yana bir kishi yaralandi. Bu haqda Livanning rasmiy NNA agentligi xabar berdi.
Livan armiyasi isroil 2024 yil 27 noyabrda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish bitimini muntazam ravishda buzib kelayotganini maъlum qildi.
Shuningdek, isroil harbiylari muhandislik texnikasidan foydalanib, Livan qoʻshinlari tomonidan avval toʻsib qoʻyilgan bir qancha hududlarda yangi yoʻllar ochayotgani qayd etilgan.
Livan rasmiylariga koʻra, 27 noyabrdan buyon Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 100 kishi halok boʻlgan, 300 dan ortiq odam yaralangan.
Shuningdek, Isroil armiyasi Hamamis, Azie, Uveyde tepaliklari va Balat togʻ kabi muhim strategik nuqtalarni oʻz nazoratida saqlab qolmoqda. Livan hukumati bu hududlarni ozod qilish talabini qoʻygan boʻlsa-da, bu talab hozircha bajarilmagan.













