Isroil mudofaa vaziri Israel Kats mamlakat qoʻshinlari Suriyaning janubiy hududlarini hech qachon tark etmasligini maʻʻlum qildi. Bu haqda u 29 yanvarʻ kuni bayonot berdi, deb xabar beradi "Al-Arabiya".

Uning soʻzlariga koʻra, Tel-Aviv Suriyada hech qanday dushman kuchlarning mavjudligiga yoʻl qoʻymaydi va oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etadi.

Isroil armiyasi Joʻlon tepaliklaridagi eng baland nuqta — Shayx (Xermon) togʻini egallab olgan. Bu hududdan Suriya-Livan chegarasi, Damashq atrofi va 1967 yilda Isroil tomonidan bosib olingan Joʻlon tepaliklari koʻrinadi. Shuningdek, Isroil qoʻshinlari Suriya hududidagi qurolsizlantirilgan mintaqalarga kirgani haqida ham maʻʻlumotlar bor.

Isroil rasmiylari dastlab bu harakatlarni chegara xavfsizligini taʻʻminlash uchun vaqtinchalik chora deb taʻʻriflagan edi. Biroq, xalqaro hamjamiyat bu harakatlarni tanqid qilib, xalqaro shartnomalar buzilganini taʻʻkidladi. AQSh ham Isroildan oʻz qoʻshinlarini chiqarishni talab qilgan.

Jahon hamjamiyatining koʻpchiligi Isroilning Joʻlon tepaliklaridagi harakatlarini qoraladi. BMT va bir qator davlatlar Tel-Avivni xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqirgan.

Isroil-Suriya munosabatlari yillar davomida keskin boʻlib kelgan. 1967 yildagi Olti kunlik urushdan soʻng, Isroil Joʻlon tepaliklarini egallab olgan va 1981 yilda ularni bir tomonlama anneksiya qilgan. BMT bu harakatni qonuniy deb tan olmagan.

Suriya hukumati hali rasmiy munosabat bildirmagan boʻlsa-da, Damashq hududiy yaxlitlikni tiklash niyatida ekanini bir necha bor taʻʻkidlagan.

Mavzuga aloqador