Isroil har kuni Gʻazoda kamida ikki nafar falastinlikni oʻldirmoqda
Isroil va HAMAS oʻrtasida 19 yanvarda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvni buzgan holda, Tel-Aviv Falastinning Gʻazo sektorida kamida 137 falastinlikni oʻldirdi, deb maъlum qildi mahalliy rasmiylar.
Ular Isroilni 2 martdan boshlab falastinliklarga hujumlarni qasddan kuchaytirishda aybladi. Aynan shu sanada Isroil Gʻazo sektoridagi chegara oʻtish joylarini yana yopgan.
Kelishuv kuchga kirganidan beri “Isroil Gʻazo sektoridagi aholiga qarshi blokada va ocharchilikni sekin qirgʻin taktikasining vositalari sifatida ishlatdi”, deyiladi Euro-Mediterranean Human Rights Monitor tashkiloti bayonotida.
Shuningdek, bayonotda “Isroil snayperlari, dron zarbalari va kvadrokopter hujumlari falastinlik tinch aholi vakillariga, ayniqsa, Isroil tomonidan Gʻazo shimoli va sharqiy chegaralarida oʻrnatilgan bufer zonasi yaqinida oʻz uylarini tekshirishga uringanlarga qaratilgan”, deyiladi.
Maъlumot oʻrnida, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroil Gʻazoda 62 000 dan ortiq falastinlikni, asosan ayollar va bolalarni oʻldirgan.













