Isroil armiyasi ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohildagi Tulkarm shahri va qochqinlar lagerida hujumlarini davom ettirmoqda.

Falastin davlat televideniesining maʻʻlumotiga koʻra, harbiylar Shuheda mahallasidagi uyga oʻt qoʻyib, shahar infratuzilmasiga jiddiy zarar etkazish uchun buldozerlardan foydalangan. Shaharning katta qismlari elektr taʻʻminotisiz qolgan.

Al-Quds va Al-Aqso shahidlari brigadalari Isroil armiyasi bilan kuchli toʻqnashuvlar olib borayotganini maʻʻlum qildi. Ular bosqinchilarning ekskavatorlari ishdan chiqarilganini xabar qildi.

Bir kun oldin, Tulkarmda Isroil uchuvchisiz uchogʻi avtomobilʻ urib yuborgani sabab ikki kishi halok boʻlib, uch kishi yaralangan. Jenin shahriga boʻlgan hujumlarda esa 16 falastinlik halok boʻldi, 50 ga yaqini yaralandi.

Falastin maʻʻmuriyati AQShni Isroilning hujumlarini toʻxtatishga chaqirib, Gʻarbiy Sohilda "ikkinchi bosqich urush" boshlanganini taʻʻkidladi.

2023 yil oktyabridan beri Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 880 nafar falastinlik qurbon boʻlgan.

Mavzuga aloqador