Isroil askarlari Gʻazodagi urush jinoyatlari uchun hibsga olinishidan qoʻrqib, Gollandiyadan qochdi
17 fevralь kuni Amsterdamga kelgan va Gʻazoda urush jinoyatini sodir etgan isroillik askar va uning sherigi qoʻlga olinishdan qoʻrqib, Gollandiya poytaxtini tark etdi. Avvalroq isroillik zaxiradagi askar Yuval Vagdani Braziliyadan xuddi shu sababga koʻra qochgandi.
Gʻazoda
urush jinoyati sodir etgan isroillik askarlarning iziga tushib, ularni milliy va
xalqaro holatlarda sudga berishni maqsad qilgan Hind Rajab jamgʻarmasining X
hisobidan qilingan bayonotga koʻra, biri urush jinoyatchisi boʻlgan ikki Isroil
askari qoʻlga olinishdan qoʻrqib, Niderlandiyaning poytaxti Amsterdamni tark etishga
majbur boʻldi.
Jamgʻarma advokatlari 17 fevralь kuni Amsterdamga kelgan
isroillik askarlarga Gʻazoda sodir etgan urush jinoyatlari uchun qonuniy chora koʻrish
uchun harakatga keldi.
Xabar qilinishicha, ayrim foydalanuvchilar Amsterdamga etib
kelgan isroillik askarlarning fondning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga teg
qoʻyib, suratlarini baham koʻrganlaridan soʻng “isroilliklar xavotirga tushgan” va ikki
askarni Gollandiyadan “oʻgʻirlab ketgan”.
Hind Rajab jamgʻarmasi Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon
Saarni 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida sodir
etgan “harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar” uchun mamlakatga tashrifi
oldidan hibsga olish uchun order berilishini soʻrab, Xalqaro jinoiy sudga rasmiy
shikoyat bilan murojaat qilgan edi.
Bryusselda joylashgan Hind Rajab jamgʻarmasi tomonidan Gʻazoda
urush jinoyati sodir etgani aniqlangan koʻp sonli isroillik askar aniqlanib, ular
joylashgan Italiya va Braziliya kabi davlatlarning maъmuriyatlaridan ularni hibsga
olish talab qilindi.
Jumladan,
isroillik zaxiradagi
askar Yuval Vagdani rasmiylar 3 yanvarь kuni tergov boshlaganini bilgach,
Braziliyadan Argentinaga qochib ketdi.
6 yoshida Isroil askarlari tomonidan oʻldirilgan falastinlik
qiz nomi bilan atalgan Hind Rajab fondining bosh qarorgohi Belьgiya poytaxti
Bryusselda joylashgan.













