Ijtimoiy tarmoqlarda Iroqning Dajla daryosi boʻyidan yuzlab yoqilgan va tashlab ketilgan mushaflar topilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu holat dunyo musulmonlarining keskin noroziliklariga sabab boʻlmoqda. 


Iroqlik jurnalist Usmon al-Muxtorning maъlum qilishicha, ushbu voqea yuz berishidan avval Qurъon matnining toʻliqligini shubha ostiga qoʻyuvchi shia mafkurasi faol targʻib qilingan.


“Baъzi targʻibotchilar haqiqiy Qurъon matni “Mahdi” qoʻlida yashiringan, deb daъvo qilmoqda va oyatlarni oʻz manfaatlariga mos ravishda buzib talqin qilyapti”, deydi jurnalist. 


Uning fikricha, Dajla daryosi boʻyida yuz bergan voqeilik mazkur targʻibot oqibati, yanayam aniqroq aytganda mafkura tashabbuskorlarining ishi boʻlishi mumkin. 


Mahalliy aholi hukumatdan aybdorlarni topib, jazolashini talab qilmoqda. Mahalliy hukumat esa mazkur voqeaga munosabat bildirilmagan.

Mavzuga aloqador