Iroq janubida ziyoratchilar yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Qurbonlar bor
Iroq janubida ziyoratchilar yoʻl-transport hodisasiga uchradi, qurbonlar bor
Iroq janubida shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus avtomobil bilan toʻqnashib ketdi. Hodisa natijasida etti kishi halok boʻlib, 40 dan ortiq odam jarohat olgan, deb xabar bermoqda AFP.
Fojia mahalliy vaqt bilan 15:30 da (Moskva vaqti bilan bir xil) Divoniya viloyatidan Najafga yoʻl olib ketayotgan avtobus ishtirokida sodir boʻlgan.
Iroq sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Amir al-Kinoniyning maʻʻlum qilishicha, hayotdan koʻz yumganlar orasida toʻrt erkak, ikki ayol va bir qiz bor. Jarohatlangan 42 kishidan ikki nafarining ahvoli ogʻir.
Najaf va Karbalo shaharlari shia musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlari boʻlib, bu erlarga har yili millionlab ziyoratchilar tashrif buyuradi. Ammo Iroqdagi yoʻllar holati yomon boʻlgani sababli, yoʻl-transport hodisalari tez-tez sodir boʻlib turadi.













