Husiylar qoʻlga olingan kema ekipajini ozod qildi

Yamanning “Ansorulloh” harakati (husiylar) 2023 yil 19 noyabrda qoʻlga olgan Galaxy Leader yuk kemasi ekipajini ozod qildi. Ekipaj aʻʻzolarining ozod qilinishiga Ummonning vositachiligi sabab boʻlgan. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Husiylarning oliy siyosiy kengashi bayonot berib, ekipaj ozod qilinganini tasdiqladi. Maʻʻlumotlarga koʻra, 25 nafar dengizchi Ummonga etkazilgan. Ular Bolgariya, Meksika, Ruminiya, Ukraina va Filippin fuqarolari boʻlgan. Dengizchilar orasida Isroil yoki Yaponiya fuqarolari yoʻqligi taʻʻkidlangan.

Kema Bagama orollari hamdoʻstligi bayrogʻi ostida harakatlangan va Yaponiyaning Nippon Yusen kompaniyasiga tegishli boʻlgan. Galaxy Leader kemasini husiylar Adan koʻrfazi suvlarida qoʻlga olib, uni Yaman qirgʻoqlariga tortib kelgan edi.

https://t.me/azon_global/7691
Eslatib oʻtamiz, oldinroq AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Husiylar guruhini terrorchi tashkilot sifatida tan olish haqidagi farmonni imzolagandi. 2021 yilda Bayden maʻʻmuriyati Husiylarni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqargan. Ammo ularning Isroilga qarshi harakatlari tufayli guruh qaytadan "global terrorchi tashkilotlar" roʻyxatiga kiritildi.

Mavzuga aloqador