Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida boʻlib oʻtgan Kumbha Mela diniy festivalidagi tiqilinch oqibatida kamida 40 kishi halok boʻldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Dunyodagi eng yirik festivalda 400 million kishi ishtirok etishi kutilgandi. Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlangan.

Hindu ziyoratchilari Gang daryosiga kirishda navbatlarini kutib oʻtirgan. Toʻsatdan tartibsizlik va tirbandlik yuzaga kelgan. Olomon daryo qirgʻogʻiga qarab yoʻl olgan, odamlar yiqila boshlagan. Jabrlanganlar shifoxonalarga etkazilgani aytilmoqda. Rasmiylarga qurbonlarning dastlabki sonini aytish uchun 16 soat kerak boʻlgan. Bir necha soatdan soʻng shtat rasmiylari vaziyat nazorat ostida ekanini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador