"HAMAS uyimizga mehmonga kelsa". Isroil propagandasini yoʻqqa chiqargan trend
X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida isroillik foydalanuvchining barchani qoʻrqitish maqsadida yozgan izohi dunyo miqyosida Falastin tarafdorlarining "HAMAS uyimizga mehmonga kelsa" deb nomlangan trendiga aylanib ketdi.
Dastlab "Jords" ismli foydalanuvchi Irlandiya-Falastin birdamligi haqida post qoldirdi.
"Irlandiyaliklar falastinliklar kabi mazlum", deb daъvo qilishmoqda, siz ahmoq mustamlakachi amerikaliklar va britaniyaliklarsiz. Siz buni tushunolmaysiz, chunki bu birdamlik nimani anglatishini oʻrganishni talab qiladi va sizda buning hech biri yoʻq", deb yozdi u.
Keyinchalik, "Malou" ismli isroillik foydalanuvchi ushbu postga quyidagicha izoh berdi:
"HAMAS siz va oilangiz ziyoratiga tashrif buyurishini kutaman".
Ushbu izoh Falastin tarafdorlari orasida qoʻrquv uygʻotish oʻrniga, yangi trendga sabab boʻldi. Minglab odamlar himoyakor javob berish oʻrniga, bu iborani qabul qilishdi va uni Falastin qarshilik harakatini olqishlash hamda Isroilning muvaffaqiyatsiz tashviqotini masxara qilish uchun ishlatishdi.
Isroillik foydalanuvchining posti 34 milliondan ortiq koʻrildi, biroq X iqtibos qilingan tvitlarni yashirdi. Biroq, bu foydalanuvchilarning iborani trendga aylantirishlariga toʻsqinlik qilmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar XAMASni oilalariga tashrif buyurishsa, ularni kutib olishlarini vaъda qilgan postlar bilan toʻldirishdi. Javoblar kulgili, satirik va chuqur siyosiy mazmunga ega edi.
Jumladan, "Ladennifer Cediniston" ismli foydalanuvchi barbekyu ziyofati surati bilan boʻlishdi va shunday yozdi: “HAMAS men va oilam ziyoratiga tashrif buyurganida (albatta, hammasi halol)”.
Ushbu trend HAMAS harakati nafaqat musulmonlar, balki butun dunyoda dini, millati, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatъi gazar, barcha ozod ruhli insonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganidan darak beradi.













