HAMAS rahbari Yahyo Sinvar oʻldirildi(mi?)
Isroil HAMASning yangi rahbari Yahyo Sinvar Gʻazo sektoriga berilgan navbatdagi zarbalar chogʻida oʻldirilganini iddao qilmoqda. Harakat hozircha ushbu xabarni tasdiqlagani yoʻq.
Falastinning
HAMAS harakati rahbari Yahyo Sinvar Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga bergan
zarbasi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats
maʻʻlum qildi. Harakat hozircha ushbu maʻʻlumotni tasdiqlagani yoʻq.
Katts
2023 yil 7 oktyabrda HAMASning
Isroilga hujumi uchun Sinvarni javobgar deb hisobladi.
U Sinvarning oʻldirilishini “harbiy muvaffaqiyat va Isroilning
Eron ustidan qozongan gʻalabasi” deb atadi.
Kattsning
soʻzlariga koʻra, Sinvarning oʻlimi "Gʻazo sektoridagi isroillik garovga
olinganlarni ozod qilish hamda
Gʻazoda HAMAS va Eron
nazorat qila olmaydigan yangi voqelikni yaratish imkoniyatini ifodalaydi".
Oʻz
navbatida, HAMAS etakchisi
Yahyo Sinvarning shahid
boʻlgani haqidagi
xabar Gʻarbiy
Sohildagi masjidlardan eʻʻlon qilina boshladi:
"Mujohidlar qoʻmondoni, Falastin generali, shahid Yahyo Sinvar".
Yahyo Sinvar 1962 yil 29 oktyabrda Gʻazo sektori janubidagi Xon
Yunus shahridagi qochqinlar lagerida tugʻilgan.
Sinvar HAMASning
jangari qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari asoschilaridan biri sanaladi.













