HAMAS asirlar almashinuvining toʻrtinchi bosqichida 183 falastinlik ozod qilinadi
HAMAS 1 fevral kuni 183 nafar falastinlik mahbus ozod qilinishini maʻʻlum qildi. Ular orasida 18 nafar umrbod qamoq jazosiga, 54 nafar ogʻir qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar va 111 nafar 2023 yil 7 oktyabrdan soʻng hibsga olingan falastinliklar bor. Shuningdek, 7 kishi Falastindan chiqarib yuborilishi kutilmoqda.
Ozod etiladigan mahbuslar orasida Fath harakatidan 54 nafar, HAMASdan 8 nafar, Islomiy jihoddan 6 nafar, Xalq frontidan 2 nafar va Demokratik frontdan 2 nafar shaxs bor.
Bu jarayon Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish va asirlar almashish kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda. Kelishuvga koʻra, dastlabki 42 kun ichida 33 nafar isroillik va 1900 dan ortiq falastinlik mahbus ozod qilinadi. Birinchi uch bosqichda 400 nafar falastinlik, 10 nafar isroillik va 5 nafar tailandlik mahbus ozod qilingan edi.













