Turkiyaning “Antalyaspor” klubida toʻp suruvchi isroillik futbolchi Sagiv Exezkel “Tarbzonsport” kludi darvozasiga gol urganidan soʻng kameraga “7 oktyabrdan beri 100-kun” yozuvi va bilagidagi Dovud yulduzini koʻrsatib, Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlashini namoyon etdi. Keyinroq “Bashakshehir”da oʻynayotgan isroillik Eden Kartsev ham ham ijtimoiy tarmoqlarda “100 kun” soʻzi boʻlgan postni eʻʻlon qildi. Sportchilarning bu harakatlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis Isroil xuddi Rossiya singari futbol musobaqalaridan chetlashtiriladimi, degan savolga: “Isroil va Rossiyaning pozitsiyasi boshqa-boshqa. Isroil turnirlardan chetlashtirilmaydi”, ‑ deya javob berdi