Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg yana oʻnlab kemalar bilan Gʻazoga bormoqchi. Bu safar u isroilning noqonuniy blokadasini buzib oʻtish boʻyicha yirik harakat boshlanganini maъlum qildi.


“31 avgust kuni biz tarixdagi eng yirik urinishni amalga oshiramiz – Ispaniyadan joʻnab ketayotgan oʻnlab kemalar yordamida noqonuniy isroil blokadasini yorib oʻtishga harakat qilamiz. 4 sentyabrь kuni esa Tunis va boshqa portlardan chiqib kelayotgan yana oʻnlab kemalarni kutib olamiz”,
degan u.

Maъlumot uchun, iyunь oyida Greta Tunberg, Evroparlament deputati Rima Hassan va boshqalardan iborat koʻngillilar jamoasi qamal ostidagi falastinliklarga insonparvarlik yordami etkazish uchun Sitsiliyadan Gʻazoga qarab kemada yoʻlga chiqqandi. Lekin kutilganidek, ularni isroil armiyasi qoʻlga oldi. Tashabbuskor "Ozodlik flotiliyasi" koalitsiyasi yaxta xalqaro suvlarda hujumga uchragani haqida bayonot berdi.

Mavzuga aloqador