Yeni Şafak nashrining maъlum qilishicha, Evropaning yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan Siemens dunyo boʻylab ishchi sonini kamaytirishga qaror qilgan. Ularning soni umumiy hisobda 6000 tani tashkil etadi.


Buning natijasida Germaniyadagi avtomatlashtirish va elektromobillar uchun quvvatlantirish qurilmalarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan 2850 xodim ishsiz qolishi mumkin.


Qoʻl ostidagilarni ishsiz qoldirayotganlar faqat Siemens bilan cheklanmaydi. Bundan avval Germaniya ommaviy axborot vositalari Audi kompaniyasi ham 2029 yilgacha 7500 ta ish oʻrnini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.


Buning barchasi Germaniya ishlab chiqarish sektori inqirozga duch kela boshlaganini koʻrsatmoqda. Energiya narxlarining oshishi, taъminot zanjirlaridagi uzilishlar va talabning pasayishi yirik kompaniyalarni murakkab vaziyatga olib kelgan.


Natijada, ommaviy ishdan boʻshatishlar avj olmoqda. Voqelikka javoban kasaba uyushmalari ish oʻrinlariga kafolatlarni yaxshilashni talab qilib, norozilik namoyishlari va ish tashlashlarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga aloqador